add

Endi tovar kechiksa, sotuvchi har kuni uchun penya to‘laydi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati tomonidan yangi qonun qabul qilinib, sotuvchilar endi to‘lov shartnomasiga muvofiq tovarni o‘z vaqtida yetkazib bermaslik oqibatida har bir kechikkan muddat uchun penya to‘lash majburiyatini oladi.

Endi tovar kechiksa, sotuvchi har kuni uchun penya to‘laydi
Qonunga ko‘ra, tovar yetkazib berishdagi har bir kechikkan daqiqa, soat yoki kun uchun iste’molchiga shartnoma bo‘yicha bajarilmagan majburiyat qiymatining 0,5 foizi miqdorida jarima to‘lanadi. Biroq penya summasi tovar umumiy narxidan oshib ketmasligi shart qilib belgilangan. Mazkur norma xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi munosabatlarda aniqlik va shaffoflikni ta’minlash, ayniqsa, onlayn savdo maydonlarida iste’molchilar huquqini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan. Senatning navbatdagi yalpi majlisida ma’qullangan ushbu huquqiy o‘zgarish sotuvchilar mas’uliyatini oshirishi va turli muammolarni oldini olishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzum Market platformasida sotuvchilar tovarlarni o‘zlari yetkazib berishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Yangi qonun esa, shunday holatlarda ham xaridor manfaatlarini huquqiy asosda himoyalashni ta’minlaydi.

Teglar

Mavzuga oid