add

Energiya talon-toroji: bir oyda 94 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

02.06.2025 | 16:0046622

«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan may oyida o‘tkazilgan tekshiruvlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 229 ta holat qayd etildi. Bundan davlatga taxminan 95 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum qilindi.

Energiya talon-toroji: bir oyda 94 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi
Mutasaddi organlar va energiya ta’minoti korxonalari ishtirokida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida may oyi davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq jiddiy holatlar aniqlangan. Jumladan, 229 ta holatda 35,6 million kVtsoat elektr energiyasi va 13,2 million metr kub tabiiy gaz o‘zlashtirilgan. Buning oqibatida davlat byudjetiga umumiy hisobda 94 milliard 887 million so‘m zarar yetkazilgan. «O‘zenergoinspeksiya» ma’lumotlariga ko‘ra, bu holatlar asosan aholi va tadbirkorlar o‘rtasida kuzatilgan. Elektr va gaz ta’minoti tizimlariga noqonuniy ulanishlar, hisoblagichlarni buzish yoki atrofdan yashirish kabi holatlar asosiy qoidabuzarliklar sifatida qayd etilgan. Bundan tashqari, 448 ta ma’muriy huquqbuzarlik holati rasmiylashtirilib, aybdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilgan. Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Mutaxassislar bu kabi holatlarning oldini olish uchun profilaktik ishlar kuchaytirilishi lozimligini ta’kidlamoqda. Energiya resurslaridan oqilona va qonun doirasida foydalanish fuqarolar zimmasidagi mas’uliyatdir.

Teglar

Mavzuga oid