add

Energiya xarajatlari uchun kompensatsiya olishingiz mumkin

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning elektr va gaz uchun qoplanishi kerak bo‘lgan xarajatlarini yengillashtirish maqsadida davlat tomonidan kompensatsiya puli beriladi.

Energiya xarajatlari uchun kompensatsiya olishingiz mumkin
Mazkur yordam turi orqali ehtiyojmand oilalarga moliyaviy ko‘mak berilib, aholi o‘rtasida ijtimoiy tenglik ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Hozirgacha 277 719 ta oiladan kompensatsiya uchun arizalar kelib tushgan. Shulardan 240 018 tasi ijtimoiy himoya reyestri yoki kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan aholi qatlamidan, qolgan 37 701 tasi esa hali ro‘yxatda bo‘lmagan, lekin og‘ir moddiy ahvoldagi oilalardan iborat. Hozirda topshirilgan arizalar maxsus tartibda ko‘rib chiqilmoqda, arizachilarning haqiqiy ehtiyoji baholanib, kompensatsiyalar tayinlanmoqda. Ushbu jarayon orqali moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatishga e’tibor qaratilmoqda. Agar siz ham bu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, yashab turgan mahallangizdagi ijtimoiy xodim, «Inson» markazi yoki 1140 qisqa raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Teglar

Mavzuga oid