add

Eng ko‘p foyda olgan sug‘urta kompaniyalari ma’lum qilindi

27.05.2025 | 17:0035393

2025 yil birinchi choragida sug‘urta bozorida APEX Insurance, «O‘zbekinvest» va «Alskom Sug‘urta» eng yuqori sof foyda qayd etgan kompaniyalar bo‘ldi.

Eng ko‘p foyda olgan sug‘urta kompaniyalari ma’lum qilindi
Pinkod nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki uch oyida sug‘urta sohasidagi yetakchi kompaniyalar faoliyatida keskin farqlar kuzatildi. Eng yuqori daromad APEX Insurance’ga tegishli bo‘lib, u 34,5 milliard so‘mlik sof foyda bilan birinchi o‘rinni egalladi. Shunga qaramasdan, uning foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 60 foizga kamaygan. Ikkinchi o‘rinda 16,7 milliard so‘m foyda bilan «O‘zbekinvest» joy oldi va bu 20,3 foiz o‘sishni anglatadi. Uchinchi o‘rin egasi «Alskom Sug‘urta” esa 13,1 milliard so‘m foyda qayd etib, 18 568 foizlik ulkan o‘sishga erishgan. 1–10 milliard so‘m oralig‘ida foyda ko‘rganlar orasida «Kafolat Sug‘urta», EUROASIA INSURANCE va «Hamkor Sug‘urta» kabi kompaniyalar ham bor. Ayniqsa, «Kafil-Sug‘urta» 223,1 foizga, «Kapital Sug‘urta» esa 246,2 foizga o‘sish qayd etgan. 100 million so‘mdan 1 milliardgacha foyda ko‘rgan kompaniyalar orasida «O‘zbekInvest Hayot», Global Insurance Group va «INSON sug‘urta» yuqori o‘sish templari bilan ajralib turdi. Shu bilan birga, Semurg‘ Insurance va Alfa Life Insurance ham ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Biroq ba’zi kompaniyalar chorakni zarar bilan yakunladi. Jumladan, Asia Insurance −2,4 milliard so‘m, «O‘zagrosug‘urta» − 940,85 million so‘m va TBC sug‘urta −598,4 million so‘m zarar ko‘rgan. Hisobot bozordagi raqobat kuchayib borayotganini va moliyaviy barqarorlik har bir kompaniyada turlicha rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid