add

Eng ko‘p soliq to‘lagan umumiy ovqatlanish korxonalari nomi ma’lum qilindi

15.09.2025 | 20:0031993

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasi korxonalari 2025 yilning dastlabki yetti oyida qariyb 1 trln so‘m soliq to‘lagan.

Eng ko‘p soliq to‘lagan umumiy ovqatlanish korxonalari nomi ma’lum qilindi
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida sohada faoliyat yuritgan 20 126 ta yuridik shaxs jami 963,3 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Ular umumiy hisobda 10,8 trln so‘mlik tovar aylanmasiga ega bo‘lgan, soliq imtiyozlari esa 108 mlrd so‘mni tashkil etgan. Eng yirik 20 ta soliq to‘lovchi kompaniyaning hissasi umumiy summaning beshdan birini tashkil etgan. Ular jami 184,2 mlrd so‘mlik soliq to‘lab, bozorda yetakchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinda xalqaro KFC tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi – International Foodchain kompaniyasi joylashib, 55,7 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Undan keyingi o‘rinda Evos brendini boshqaradigan Mak Food Servis (37,7 mlrd so‘m) kelgan. Kuchli uchlikni esa Oqtepa Lavash operatori — Oqtepa Food Service 21,4 mlrd so‘m bilan yakunlagan. TOP-20 ro‘yxatidan Ketring (19,3 mlrd so‘m), Feed Up (4,9 mlrd so‘m), Savdo MCHJ (4,6 mlrd so‘m), Chef Catering (3,8 mlrd so‘m), French Pastry (3,5 mlrd so‘m), MaxWay Food (3,0 mlrd so‘m), Bellissimo Pizza International (2,8 mlrd so‘m) va Dodo Pizza Tashkent (2,2 mlrd so‘m) kabi mashhur brendlar ham o‘rin oldi. Soliq tushumlarida eng katta ulush qo‘shilgan qiymat solig‘i (78,2 mlrd so‘m) va jismoniy shaxslar daromad solig‘i (49,6 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Teglar

Mavzuga oid