add

Eng ko‘p YTH Toshkentning qaysi hududlarida sodir etilgani ma’lum bo‘ldi

08.09.2025 | 12:0021103

Poytaxtda yil boshidan beri 4 mingdan ortiq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.

Eng ko‘p YTH Toshkentning qaysi hududlarida sodir etilgani ma’lum bo‘ldi
Toshkent shahrida 2025 yilning yanvar–avgust oylarida jami 4 350 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Bu haqda Open Data Tashkent platformasi taqdim etgan tahlillar ma’lumot beradi. Hududlar kesimida eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Yunusobod tumanida ro‘y bergan — 561 ta holat. Keyingi o‘rinlarda Chilonzor tumani (555 ta) va Yashnobod tumani (554 ta) joy olgan. Mirzo Ulug‘bek tumanida 475 ta, Shayxontohurda 363 ta va Olmazorda 337 ta yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergani ko‘rsatilgan. Uchtepada 316 ta, Sergelida 288 ta, Mirobodda 269 ta, Bektemirda 217 ta holat qayd etilgan. Yanaqasaroy tumanida 210 ta, eng kam ko‘rsatkich esa Yangixayot tumanida kuzatilgan — 205 ta yo‘l-hodisa. Tahlilga ko‘ra, tumanlar kesimidagi ma’lumotlar shahardagi yo‘l xavfsizligi holatini anglash va kelgusida xavfli hududlarda choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatadi. Eslatib o‘tamiz, 7 sentyabr kuni Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 «Toshkent—O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining 93-kilometrida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida 7 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 5 nafari turli tan jarohatlari olgan.  

Teglar

Mavzuga oid