Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?
Markaziy bank 2026 yil 9-fevral holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026 yil 9-fevral holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikrokredit va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi. Yangi haftada mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 30,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, avtokreditlar segmentida o‘rtacha ko‘rsatkich 23,0 foizga teng bo‘ldi.
Mikrokreditlar
Yangi haftada mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 30,8 foizни tashkil etdi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkich 31,0 foiz, undan oldingi haftada esa 31,7 foiz atrofida bo‘lgan. Shu tariqa, avvalgi haftada kuzatilgan yengil o‘sishdan so‘ng, yangi haftada yana pasayish qayd etildi.

Eng past mikrokredit stavkasi yangi haftada «InFinbank»da 24,3 foiz darajasida shakllandi. O‘tgan haftada eng maqbul taklif 24,4 foiz bilan shu bank tomonidan taqdim etilgan edi. Shuningdek, yangi haftada «Trastbank» 24,8 foiz va «Aloqabank» 24,9 foiz bilan nisbatan qulay shartlarni taklif qilmoqda.
O‘rta segmentda «Milliy Bank» 25,5 foiz, «BRB» 25,2 foiz, «OFB» 26,0 foiz va «Asakabank» 27,2 foiz atrofida mikrokredit ajratmoqda. Yuqori segmentda esa foiz bosimi saqlanib, «AVO bank» 39,9 foiz, «TBC bank» 40,7 foiz, «Anorbank» 41,1 foiz va «Tengebank» 42,6 foiz stavkalarni belgilagan.
Avtokreditlar
Avtokreditlar bozorida yangi haftada o‘rtacha foiz stavkasi 23,0 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkich 23,4 foiz, undan oldingi haftada esa 23,6 foiz atrofida bo‘lgan. Demak, ketma-ket ikkinchi hafta pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Eng past avtokredit stavkasi yangi haftada «Garant bank» va «Ipotekabank» tomonidan 18,0 foiz darajasida taklif qilinmoqda. O‘tgan haftada eng maqbul taklif 17,9 foiz bilan «Garantbank»da qayd etilgan edi. Shuningdek, «OFB» 21,4 foiz, «InFinbank» 21,6 foiz va «BRB» 21,9 foiz atrofida kredit ajratmoqda.
Eng yuqori avtokredit stavkalari yangi haftada «Mikrokreditbank»da 28,0 foiz va «Madad Invest bank»da 28,2 foiz darajasida shakllandi. O‘tgan haftada ham ushbu banklarda stavkalar 27,5–28,0 foiz oralig‘ida bo‘lgan.





