
Eng yirik aysberg maydoni yana 7 foizga kamaydi
04.06.2025 | 19:3033653

Arktika va Antarktika tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko‘ra, A23a aysbergi iyun oyi boshidagi harakati natijasida maydonini yana 7 foizga yo‘qotdi. bugungi kunda u taxminan 2,7 ming kvadrat kilometrga teng bo‘lib, bu 2023 yil oxirida qayd etilgan 4 ming kvadrat kilometrlik ko‘rsatkichdan ancha kam.
Institut axborotiga ko‘ra, aysberg oxirgi kunlarda Janubiy okean oqimlari ta’sirida 60 kilometrga sharqqa tomon surilgan. U hozirda aholi yashamaydigan Annenkov orolidan 74 kilometr uzoqlikda joylashgan.
A23a aysbergi ilk bor 1986 yilda Antarktidadagi muz shelfidan ajralgan. U 30 yildan ziyod vaqt davomida harakatsiz holatda quruqlikda turgan. 2023 yildan esa muzlik yana harakatlana boshladi.
Kuzatuvchilar fikricha, bu kabi yirik muzliklarning parchalanishi global iqlim o‘zgarishlarining ochiq ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bunday hodisalar Antarktida muhiti va jahon okeani ekotizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mutassaddilar kelgusida bu jarayonni diqqat bilan kuzatib borish zarurligini ta’kidlamoqda. Aysberg harakati xalqaro ilmiy doiralarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.





