add

Erdo‘g‘an: «Global sumud» Isroil agressiyasining asl qiyofasini yana bir bor butun dunyoga namoyish etdi»

04.10.2025 | 09:2038663

Turkiya prezidentiga ko‘ra, Turkiya insoniyat vijdonini ifodalovchi ushbu insonparvarlik missiyasining barcha ishtirokchilari bilan birga.

Erdo‘g‘an: «Global sumud» Isroil agressiyasining asl qiyofasini yana bir bor butun dunyoga namoyish etdi»
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi viloyat rahbarlarining kengaytirilgan yig‘ilishida nutq so‘zladi. U o‘z nutqi davomida G‘azodagi falastinliklarga insonparvarlik missiyasi uchun ketayotgan «Global sumud» flotiliyasiga qilingan hujumni qoraladi. «Isroil hokimiyatining xalqaro suvlarda bo‘lgan tinch fuqarolarga hujumi, G‘azoda sodir etilayotgan insoniyatga qarshi jinoyatlarni yashirishga urinayotgan genotsid tizimi qanchalik aqldan ozgan holatda ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Genotsid siyosatini olib borayotgan Netanyahu hukumati nafaqat tinchlikka intilmasligini, balki uning o‘rnatilishi imkoniyatiga ham toqat qila olmasligi aniq bo‘ldi», — dedi Erdo‘g‘an. U Turkiya flotiliyaning barcha ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi: «Global sumud» flotiliyasi G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealarning shafqatsiz haqiqatini va Isroil agressiyasining asl qiyofasini yana bir bor butun dunyoga namoyish etdi. Turkiya insoniyat vijdonini ifodalovchi ushbu insonparvarlik missiyasining barcha ishtirokchilari bilan birga. Bizning vakolatli organlarimiz voqealar rivojini real vaqt rejimida kuzatib boradi va faollar va fuqarolarimizning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rmoqda. G‘azoda va muhtojlarga insonparvarlik yordamlarining to‘siqsiz yetkazilishini ta’minlash uchun eng og‘ir sharoitlarda hayot va qadr-qimmat uchun kurashayotgan falastinlik birodarlarimizni tark etmaymiz va o‘t ochishni to‘xtatish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz», — dedi Turkiya prezidenti.

Teglar

Mavzuga oid