add

Erdo‘g‘an: Turkiya Rossiya va Ozarboyjon o‘rtasidagi keskinlikni diqqat bilan kuzatmoqda

06.07.2025 | 19:0027074

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya va Ozarboyjon o‘rtasidagi keskin vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ma’lum qildi. U ikki tomonni sabr-toqatli bo‘lishga chaqirdi va bu masalani Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muhokama qilganini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an: Turkiya Rossiya va Ozarboyjon o‘rtasidagi keskinlikni diqqat bilan kuzatmoqda
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya va Ozarboyjon o‘rtasidagi so‘nggi diplomatik inqiroz yuzasidan bayonot berib, Anqara ikki davlat bilan chuqur strategik munosabatlarga ega ekanini va vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirdi. Erdo‘g‘on jurnalistlar bilan suhbatda, Turkiya ikki do‘st mamlakat o‘rtasidagi muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga umid qilmoqda, deb ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kavkaz mintaqasi yangi mojarolarni ko‘tara olmaydi va barcha muammolar diplomatik tarzda hal qilinishi lozim.
«Biz vaziyatda keskinlikka olib keladigan har qanday harakatning oldini olishni xohlaymiz. Bu masalani Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muhokama qildik. U ham masalaga e’tibor bilan yondashmoqda va mojaroni chuqurlashtirish tarafdori emasligini aytdi», — dedi Erdo‘g‘on.
Mazkur bayonot Rossiya va Ozarboyjon o‘rtasidagi so‘nggi keskin vaziyat fonida yangradi. Rossiyada Yekaterinburg shahrida Ozarboyjon fuqarolari ishtirokidagi jinoiy guruhga qarshi amaliyot o‘tkazilib, bir necha kishi qo‘lga olingan edi. Ozarboyjon bu holat yuzasidan Rossiya diplomatini chaqirib, e’tiroz bildirgan. Shuningdek, Ozarboyjon hukumati Boku shahrida Rossiyaning Sputnik agentligi xodimlarini asossiz ravishda qo‘lga olgan. Mediagruppa «Rossiya segodnya» bu holatni asossiz va nohaq deb baholagan va jurnalistlarni tez orada ozod qilishni talab qilgan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml vaziyatni jiddiy qabul qilayotganini ma’lum qilgan va Boku bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali masalani hal etishga umid bildirgan. BMT rasmiylari esa jurnalistlar faoliyati himoya qilinishi lozimligini qayd etgan. Shu bilan birga, Ozarboyjon ommaviy axborot vositalari Bokuda narkotik savdosi va kiberjinoyatlarda ayblanayotgan Rossiya fuqarolari ham qo‘lga olinganini xabar qilgan.

Teglar

Mavzuga oid