add

Erdo‘g‘anning siyosiy raqibi Imomo‘g‘liga josuslik aybi qo‘yildi

27.10.2025 | 18:195551

Istanbulning sobiq hokimi, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi Akram Imomo‘g‘liga qarshi yangi «siyosiy josuslik» ishi ochildi.

Erdo‘g‘anning siyosiy raqibi Imomo‘g‘liga josuslik aybi qo‘yildi

U korrupsiya va haqorat ayblovlari bilan qamoqda saqlanmoqda, tahlilchilar bu holatni siyosiy bosim deb baholamoqda.

Turkiyada Istanbul shahar hokimi lavozimidan chetlatilgan va mart oyidan beri qamoqda saqlanayotgan Ekrem Imomo‘g‘liga nisbatan yangi jinoyat ishi ochildi. Unga nisbatan bu gal «siyosiy josuslik» aybi ilgari surilgani ma’lum qilindi.

Akram Imomo‘g‘li — mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning eng katta siyosiy raqibi va muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasi (CHP)ning yetakchi namoyandalaridan biri hisoblanadi. U kelgusi prezidentlik saylovlarida muxolifat nomzodi sifatida ko‘rilgan edi.

Imomo‘g‘li korrupsiyaga oid ayblovlar bilan mart oyidan buyon qamoqda. Shuningdek, iyul oyida u Istanbul bosh prokurorini haqorat qilganlikda ayblanib, jazo muddatiga qo‘shimcha qo‘shilgan edi.

Turkiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari 2028 yil may oyida o‘tkazilishi kutilmoqda. Amaldagi konstitutsiyaga ko‘ra, Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning muddati tugagan va u rasman qayta saylovda ishtirok eta olmaydi.

Biroq, tahlilchilar fikricha, Erdo‘g‘an o‘z nomzodini yana ilgari surish uchun konstitutsiyani o‘zgartirish yoki favqulodda saylov chaqirish yo‘llarini izlashi mumkin. Bu holat Turkiyada siyosiy raqobat yana keskinlashganini ko‘rsatmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Erdo‘g‘anning siyosiy raqibi Imomo‘g‘liga josuslik aybi qo‘yildi | Vaqt.uz