add

Eron AQSH bilan muzokarada: mojaroga diplomatik yechim izlanmoqda

20.06.2025 | 08:4549043

Isroilning Eronga uyushtirgan hujumlaridan so‘ng, AQSH va Eron rasmiylari o‘rtasida bir necha bor to‘g‘ridan to‘g‘ri telefon orqali muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Reuters agentligining yozishicha, suhbatlar diplomatik chiqish yo‘lini izlash maqsadida olib borilgan.

Eron AQSH bilan muzokarada: mojaroga diplomatik yechim izlanmoqda
Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy o‘rtasida bir necha marta telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tgan. Muzokaralar Isroil tomonidan Eron hududiga zarbalar berilganidan keyin boshlangan. Manbalarga tayangan holda agentlik xabar berishicha, ikki tomon hozirgi inqirozdan diplomatik yo‘l bilan chiqish imkoniyatini muhokama qilgan. Araqchi Uitkoffga Isroil hujumlarini to‘xtatmaguncha Eron yadro kelishuvi muzokaralariga qaytmasligini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, Eron rasmiysi Vashington agar Isroilga bosim o‘tkazsa, yadroviy masalalarda muayyan murosalarga borish imkoni borligini ham bildirgan. Bu so‘zlar, Eron hali ham diplomatik yechimga ochiq ekanligini ko‘rsatadi. Muzokaralar davomida may oyi oxirida AQSHning Eronga taqdim etgan taklifi qisqacha muhokama qilingan. Mazkur taklif Erondan tashqarida uranni boyitadigan mintaqaviy konsorsium tashkil etishni maqsad qilgan bo‘lib, Tehron hozircha uni rad etmoqda. AQSH prezidenti Tehronning o‘z hududida uran boyitishini to‘xtatishini istayotgan bir paytda, Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy Tehronning uran boyitish huquqi muzokaraga qo‘yilmasligi haqida bayonot bergan.

Teglar

Mavzuga oid