add

Eron internetdan uzilib qoldi

18.06.2025 | 22:1522782

NetBlocks ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda internet tarmog‘i deyarli butun mamlakat bo‘ylab uzilib qoldi. Bu holat Isroil bilan bir necha kunlik o‘zaro raketa zarbalari almashinuvidan so‘ng qayd etildi.

Eron internetdan uzilib qoldi
NetBlocks internet nazorati xizmati xabar berishicha, Isroil bilan o‘zaro zarbalar almashinuvi fonida Eron bo‘ylab internetning deyarli to‘liq uzilishi qayd etilgan. «Tarmoq ishlashining haqiqiy vaqt rejimidagi ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirda Eronda butun mamlakat bo‘ylab internet deyarli to‘liq uzilgan. Bu hodisa bir qator oldingi qisman uzilishlardan keyin sodir bo‘ldi va bir necha kunlik o‘zaro raketa zarbalari almashilgandan so‘ng Isroil bilan harbiy keskinlik kuchayishi fonida yuz berdi», - deb aytilgan tashkilotning xabarida.

Teglar

Mavzuga oid

Eron internetdan uzilib qoldi | Vaqt.uz