add

Eron Isroilga 2500 km masofagacha yetadigan gipertovushli raketalar bilan zarba berdi

16.06.2025 | 08:4519893

Tehron Isroilga javob zarbasi sifatida 1400 km dan 2500 km gacha masofani bosib o‘tadigan gipertovushli va uzoq masofali raketalardan foydalandi. Eng xavflisi «Sijjil» bo‘lib, u soatiga 14 Max tezlikka ega.

Eron Isroilga 2500 km masofagacha yetadigan gipertovushli raketalar bilan zarba berdi
Islom Respublikasi rasmiylarining ma’lum qilishicha, Eron Isroilga qarshi amalga oshirgan javob zarbasida 1400 kilometrdan 2500 kilometrgacha radiusdagi turli xil raketalar qo‘llangan. Bu haqda ISNA agentligi rasmiy manbalarga tayanib xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa turlari orasida eng tezkor va uzoq masofaga uchish qobiliyatiga ega bo‘lgani «Sijjil» gipertovushli raketasi bo‘lib, u soatiga 14 Max tezlikda 2500 km masofani bosib o‘tadi. Bu raketalarning qo‘llanilishi Isroil bilan bo‘layotgan ziddiyatning yangi, xavfli bosqichga o‘tganini ko‘rsatadi. Shuningdek, Eron «Xurramshahr-4» (2000 km, 8 Max), «Imod» (2000 km, 2–7 Max), «Shahob» (2000 km, 7 Max), «Qodir» (1950 km, 9 Max), «Pove» (1650 km, 600–900 km/h), «Fattoh-2» (1400 km, 5 Max), «Xaybar» (1450 km, 5000 km/h) va «Hoji Qosim» (1440 km, 5 Max) singari raketalardan ham foydalangan. Eron matbuoti ushbu raketalarning ishlatilishi Isroilga yetkazilgan zarar miqdorini oshirish va yadroviy tahdidlarga qarshi kuchli ogohlantirish maqsadida amalga oshirilganini ta’kidlamoqda. Raketalarning texnik tavsiflari Eron qurol-aslaha salohiyatining jiddiy darajada o‘sganini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda xalqaro kuzatuvchilar vaziyatning tezlik bilan kengayib borishidan tashvish bildirayotgan bir paytda, Eron tomoni yana ham qat’iy javob berishga tayyor ekanini ma’lum qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid