add

Eron Isroilning raketa dasturi haqida ma’lumot olganini ma’lum qildi

Eron Isroilning raketa dasturi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldi hamda uni ittifoqchilar va Isroilga qarshi guruhlar bilan baham ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron razvedka vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.

Eron Isroilning raketa dasturi haqida ma’lumot olganini ma’lum qildi
7 iyun kuni Tasnim agentligi Eron go‘yoki Isroilning atom dasturi bo‘yicha maxfiy hujjatlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabar berdi. 8 iyun kuni Eron axborot (razvedka) vaziri Ismoil Xatib hujjatlarni "razvedka ma’lumotlari xazinasi" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, olingan ma’lumotlar mamlakatning hujum salohiyatini mustahkamlashga yordam beradi. Eron razvedkasining aytishicha, hujjatlarning bir qismi Isroilning harbiy va raketa dasturlari bilan bog‘liq. Qayd etilishicha, Tehron qo‘liga Isroilning yadroviy harbiy dasturi, shuningdek, "amaldagi va kelajakdagi dasturlar," ushbu loyihalarda ishtirok etayotgan olimlar haqidagi ma’lumotlar tushgan. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, hujjatlarning bir qismidan Eron Qurolli kuchlari foydalanmoqda.
"Eron boshqa qismini do‘st mamlakatlar bilan baham ko‘radi yoki tashkilotlarga va anti-sionistik guruhlarga beriladi," - deyiladi bayonotda.
9 iyun kuni Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi Eron Isroil hujum qilgan taqdirda uning "yashirin yadroviy infratuzilmasi"ga javob zarbalari berishga tayyorligini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Tehron Isroilning yashirin yadroviy infratuzilmasiga mutanosib zarba berish orqali har qanday tajovuzni qaytarishga qodir. Avvalroq Eron AQSHni Isroil yadroviy ob’ektlarga zarba bergan taqdirda javobgarlik haqida ogohlantirgandi.

Teglar

Mavzuga oid