add

Ertaga ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

Bugun 13:402 daqiqa

O‘zgidromet 15-yanvar kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

Ertaga ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

15-yanvardan boshlab O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +6...+8 daraja iliq, kunduzi +11...+13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax hamda Samarqand viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +4...+9 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +4...+9 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq antisiklon ta’sirida havo ifloslanishi yana kuchayishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid