
Faqat oylik bilan boyish mumkinmi? Tadqiqotda aniq javob bor
26.05.2025 | 09:305043
Forbes va Wealth-X tahlillariga ko‘ra, dunyodagi eng boy insonlar orasida ishchilar yo‘q. Ko‘pchilik tadbirkorlik va investitsiya orqali moliyaviy muvaffaqiyatga erishgan.

Jahon bo‘ylab eng boy insonlarning moliyaviy manbalari tahlil qilinganda, oylik maosh evaziga boyish imkoniyati deyarli mavjud emasligi ayon bo‘ldi. Forbes va Wealth-X tahlillariga ko‘ra, milliarderlarning 70 foizi tadbirkorlardir. Ular o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, yuksak daromadga erishgan.
Tadqiqotga ko‘ra, yana 15 foiz boylar investitsiyalar orqali boylik orttirgan. Ular asosan aktivlarga sarmoya kiritib, kapitalini oshirgan. Qolgan 10 foiz boylar meros orqali moliyaviy ustunlikka ega bo‘lgan.
Shuningdek, dunyodagi eng boylar ro‘yxatida 3 foiz sportchilar va 2 foiz san’atkorlar ham bor. Ular shaxsiy iste’dod va brend orqali yuqori daromad ko‘rsatkichlariga erishgan.
Eng e’tiborlisi, tadqiqotda ishchilar qatoridagi insonlar 0 foizni tashkil qilgan. Bu esa doimiy maoshga tayanish orqali boylikka erishish juda qiyin ekanini ko‘rsatadi.
Mutaxassislar fikricha, moliyaviy erkinlikka erishish uchun o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, investitsiya qilish yoki yuqori qiymatli ko‘nikmalarni rivojlantirish zarur. Bu yo‘llar insonni uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikka olib borishi mumkin.





