add

Farg‘onada IIB xodimlari fermer uyiga kirib, unga to‘pponcha o‘qtaldi

01.10.2025 | 16:0029023

Farg‘onaning Rishton tumanida ichki ishlar xodimlari fermer uyiga kirib, unga qurol bilan tahdid qilgani haqida videolar tarqaldi.

Farg‘onada IIB xodimlari fermer uyiga kirib, unga to‘pponcha o‘qtaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida ichki ishlar organlari xodimlari mahalliy fermer uyiga kirib, unga nisbatan bosim o‘tkazgan. Xususan, «Buloqboshi gulshani» fermer xo‘jaligi rahbari hodisa chog‘ida unga zo‘ravonlik qilinganini va hatto to‘pponcha o‘qtalganini iddao qilmoqda. Uning aytishicha, mojaro paytida onasi ham jabrlangan. Fermer o‘z majburiyatlarini bajarganini, g‘alla hosilini yashirmaganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bosim sun’iy ravishda yaratilgan bahonalar asosida amalga oshirilgan. Rishton tumani hokimligi masalaga munosabat bildirib, fermerlar davlat oldidagi majburiyatlarini to‘liq bajarishi zarurligini qayd etdi. Hokim hodisa tafsilotlarini to‘liq bilmasligini, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar hali o‘rganilmaganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, tumandagi boshqa fermerlardan biri kimyoviy vosita topshirmagani uchun 5 sutkaga ma’muriy javobgarlikka tortilishi ham ma’lum qilindi. Mazkur holat yuzasidan Biznes-ombudsman ham munosabat bildirdi. U tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari qonunchilik bilan kafolatlanganini eslab o‘tdi va fermerlarga nisbatan asossiz tazyiq o‘tkazilishi mumkin emasligini qat’iy ta’kidladi. Ayni paytda hodisa Biznes-ombudsman devoni tomonidan o‘rganilmoqda. Masala yuzasidan yakuniy xulosa tegishli organlar tekshiruvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid