add

Farg‘onada Xitoy bilan 20 million dollarlik IT shartnomalar imzolandi

Farg‘ona viloyatida axborot texnologiyalari sohasida Xitoy bilan 20 million dollarlik xalqaro kelishuvga erishildi. Bu muzokaralarga viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchilik qildi.

Farg‘onada Xitoy bilan 20 million dollarlik IT shartnomalar imzolandi
Uchrashuv Xitoyning Pekin shahriga qarashli Shuni tumani delegatsiyasi bilan o‘tkazildi. Tomonlar iqtisodiy, investitsiyaviy va IT yo‘nalishlardagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Hamkorlik O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi bosqichi sifatida baholandi. Natijada Farg‘onadagi IT Park rezidenti “Innotech Solutions” MCHJ va Shuni tumaniga qarashli Mapo shaharchasi xalq hukumati o‘rtasida 20 million dollarlik shartnomalar imzolandi. Bu kelishuv asosida dasturiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha hamkorlik amalga oshiriladi. Axborot texnologiyalari sohasidagi bunday yirik kelishuv Farg‘ona viloyatidagi eksportbop startaplarning xalqaro bozorga chiqishiga zamin yaratishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida IT Park rezidenti sifatida 132 ta eksportchi kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan edi.

Teglar

Mavzuga oid