add

Farg‘onadagi chegara bojxona postlari 24 soatlik ish tartibiga o‘tdi

17.06.2025 | 18:4039052

2025 yil 18 iyundan boshlab Farg‘ona viloyatidagi uchta muhim chegara bojxona posti — «Farg‘ona», «Oq qiya» va «Chashma» bojxona punktlari kunu-tun, ya’ni 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritadi.

Farg‘onadagi chegara bojxona postlari 24 soatlik ish tartibiga o‘tdi
Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 18 iyundan boshlab Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasiga qarashli bir nechta chegara punktlari yangi ish tartibiga o‘tdi. Ular orasida «Farg‘ona» chegara bojxona posti, Shohimardon qishlog‘ida joylashgan «Oq qiya» bojxona punkti va So‘x tumanidagi «Chashma» chegara punkti bor. Endilikda ushbu bojxona postlari 24 soat uzluksiz faoliyat yuritadi. Bu qaror mintaqaviy aloqalarni faollashtirish, chegara orqali harakatni yengillashtirish hamda aholi va tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi. Mazkur bojxona punktlari orqali nafaqat yo‘lovchilar, balki savdo-iqtisodiy yuk tashuvlari ham amalga oshiriladi. Uzluksiz ish rejimi nafaqat hududdagi transport oqimini yaxshilaydi, balki chegaradagi tiqinlarni kamaytirishga ham xizmat qiladi. Bundan tashqari, tunda ham rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish imkoni paydo bo‘lishi bojxona xizmatlarining samaradorligini oshiradi va tadbirkorlar uchun vaqt va xarajat jihatidan foyda beradi.

Teglar

Mavzuga oid