add

Finlandiya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelmoqda

29.10.2025 | 16:564291

Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb 29 oktyabr – 1 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Finlandiya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelmoqda

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb 29 oktyabr–1 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif dasturida Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, kimyo, energetika, raqamlashtirish, tog‘-kon sanoati va boshqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shu bilan birga, mehnat migratsiyasi, madaniyat, ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish sohalarida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi.

Avvalroq Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich rafiqasi bilan O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid