add

«Formula 1 » yulduzlari Toshkentga keladi

Kecha 13:554451

9–12 dekabr kunlari Markaziy Osiyo tarixida ilk bor «FIA General Assembly» va «FIA Awards» marosimi Toshkentda o‘tkaziladi.

«Formula 1 » yulduzlari Toshkentga keladi

Dekabr oyining ikkinchi haftasida Markaziy Osiyo miqyosida ilk bor Xalqaro avtomobil federatsiyasi — FIAning Bosh assambleyasi va yilning eng nufuzli avtosport mukofotlash marosimi — «FIA Awards» Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirda jahon avtosporti vakillari, 149 mamlakatdan 500 dan ortiq yuqori martabali delegatlar va FIA federatsiyalari vakillari, shuningdek, 100 dan ortiq professional poygachilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Tadbirlar doirasida Toshkent ilk bor avtosport olamidagi eng yirik va nufuzli tadbirlardan biri — «FIA Gala»ga ham mezbonlik qiladi. Bu marosimda turli avtomotosport chempionatlari g‘oliblari tantanali tarzda taqdirlanadi. Jumladan, «Formula 1», «World Rally Championship (WRC)» va «World Endurance Championship (WEC)» musobaqalarida g‘olib chiqqan sportchilar taqdirlanadi.

«FIA Gala» deb nomlangan marosim avtosport dunyosidagi eng nufuzli tadbir hisoblanadi. Unda yilning eng yaxshi haydovchilari va jamoalariga xalqaro mukofotlar topshiriladi. Mazkur galani Toshkentda o‘tkazish mamlakatning sport va turizm sohasidagi global nufuzini yanada oshiradi, deb baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, FIA tashkiloti 1904 yilda tuzilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi — avtomobil sportini boshqarish, yo‘l harakati xavfsizligini rivojlantirish va avtomobil sanoati manfaatlarini himoya qilishdir. Federatsiya «Formula 1», «WRC», «WEC» va boshqa yirik xalqaro seriyalarning rasmiy boshqaruv organi sifatida faoliyat yuritadi.

Teglar

Mavzuga oid