add

Fransiya qarz botqog‘ida: davlat qarzi har soniyada 5000 yevroga o‘smoqda

07.08.2025 | 20:0020602

Fransiya hukumati davlat qarzi 3,4 trln yevroga yetganini ma’lum qildi. Bosh vazir Fransua Bayru bu holatni «50 yillik befarqlik oqibati» deb baholadi.

Fransiya qarz botqog‘ida: davlat qarzi har soniyada 5000 yevroga o‘smoqda
Fransiyadagi moliyaviy vaziyat keskinlashmoqda. Fransiya bosh vaziri Fransua Bayruning ma’lum qilishicha, mamlakatning umumiy davlat qarzi 3,4 trln yevroga yetdi va har soniyada 5000 yevro miqdorida o‘sib bormoqda. U ushbu raqamni «tasavvur qilib bo‘lmas darajada katta» deb ta’rifladi. Bayru ta’kidlashicha, Fransiya so‘nggi marta muvozanatli byudjetga 1974 yilda ega bo‘lgan. 2024 yilda qarz bo‘yicha foiz to‘lovlari 59 milliard yevroga teng bo‘lgan. Agar hech qanday chora ko‘rilmasa, 2027 yilga kelib bu summa yana 10 milliard yevroga oshib, 2029 yilda 100 milliard yevroga yetishi mumkin. Bosh vazir moliyaviy intizomning yo‘qolganini tan oldi va sarf-xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishni talab qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud siyosat shu paytgacha faqat qarzga suyanib kelgan, bu esa mamlakatni uzoq muddatli iqtisodiy xavf ostiga qo‘ygan.

Teglar

Mavzuga oid