add

Fransiya «X» ijtimoiy tarmog‘ini pornografiya sayti deb e’lon qilishni ko‘rib chiqmoqda

09.06.2025 | 12:4025933

Politico nashrining yozishicha, Fransiya hukumati Ilon Maskga tegishli «X» platformasini pornografik saytlar qatorida belgilashni rejalashtirmoqda. Bu qaror ijro etilishi holatida tarmoqda yoshni tekshirishning majburiy tizimi joriy etiladi va bolalar uchun kirish cheklanadi.

Fransiya «X» ijtimoiy tarmog‘ini pornografiya sayti deb e’lon qilishni ko‘rib chiqmoqda
Fransiya raqamli texnologiyalar vaziri Klara Shappazning ofisidan ma’lum qilishlaricha, «X» 2024 yildan beri platformasida pornografik kontent tarqatilishini qabul qilgan va shu bois u shunday saytlar qatorida baholanishi kerak. Shappazning jamoasi hozirda «X»ni Fransiyada faoliyat yuritayotgan pornografiya saytlari to‘g‘risidagi hukumat qaroriga kiritish masalasini o‘rganmoqda. Qaror qabul qilinsa, «X»ga YouPorn kabi platformaga yuborilgan «rasmiy ogohnomalar» yuboriladi. Unga ko‘ra, yo kontentni cheklash, yoki qat’iy yosh tekshiruvini joriy etish talab etiladi. Fransiya so‘nggi vaqtlarda bolalarni internetda himoya qilish bo‘yicha choralarni kuchaytirmoqda. Davlat 7 iyungacha barcha pornografik platformalarga foydalanuvchilar yoshini tekshirish tizimini joriy etish majburiyatini yuklagan. Aks holda, platformaga nisbatan jarimalar, qidiruv tizimlaridan o‘chirish va hatto to‘liq bloklash kabi choralar qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, Tanzaniya ham o‘tgan hafta «X»da pornografik kontent mavjudligi sabab platformaga to‘sqinlik qildi. 2024 yilda Belgiya media nazorati ham Ilon Maskning «X»ni pornografiya saytiga aylantirgani haqida xavotir bildirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid