add

Fransiya X'dan foydalanuvchilar ma’lumotlariga kirishni so‘radi

23.07.2025 | 00:4539153

X ijtimoiy tarmog‘i ma’muriyati kompaniyaga qarshi jinoiy ish ochgan Fransiya rasmiylarining ayblovlarini rad etdi.

Fransiya X'dan foydalanuvchilar ma’lumotlariga kirishni so‘radi
Tekshiruv ijtimoiy tarmoq algoritmini manipulyatsiya qilish va ma’lumotlarni noqonuniy to‘plash gumoni asosida boshlandi. «Fransiya rasmiylari X platformasining tavsiya algoritmi hamda foydalanuvchilar tomonidan real vaqtda joylashtirilayotgan barcha postlar bo‘yicha ma’lumotlarga kirishni so‘radi. Ular bu ma’lumotlarni bir necha «mutaxassislar» orqali tahlil qilib, go‘yoki X tarmog‘ining haqiqiy ishlash mexanizmlarini «oshkor qilish»ni maqsad qilgan», - deyiladi kompaniya rasmiy bayonotida. Platforma vakillari tergovni siyosiy deb atadi va bu holatni so‘z erkinligini cheklash sifatida baholamoqda. Joriy yil boshlarida Parij prokuraturasi X platformasiga nisbatan ikki shikoyat asosida tergov boshlagan. Keyinchalik bu materiallar politsiyaga topshirilgan. Mazkur ish Fransiyadagi yagona taftish emas. Avvalroq, Telegram asoschisi Pavel Durov ham jinoiy tergovga duch kelgan. U 2024 yil 24 avgust kuni Le Burje aeroportida ushlangan va Fransiya politsiyasi orderi asosida so‘roq qilingan. Prokuratura tomonidan Durovga 12 modda bo‘yicha ayblov qo‘yilgan, jumladan davlat organlariga ma’lumot bermaslik, pornografiya, va noqonuniy moddalar muomalasi. U 5 million yevro garov bilan ozod etilgan va Fransiyadan chiqishi taqiqlangan.

Teglar

Mavzuga oid