
G7 davlatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar va global iqtisodiy muvozanatni tiklashni muhokama qilmoqda
23.05.2025 | 11:4017353
Kanadada bo‘lib o‘tgan G7 moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlari uchrashuvida global iqtisodiy muvozanatsizlikni bartaraf etish va Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etish masalalari muhokama qilindi

Uchrashuvda, shuningdek, xalqaro ta’minot zanjirlarining barqarorligini ta’minlash va «bozorga xilof siyosatlar»ga qarshi kurashish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda Rossiyaning Ukrainadagi urushini «davom etayotgan shafqatsiz urush» deb baholandi va agar tinchlik muzokaralari samarasiz bo‘lsa, Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishi mumkinligi bildirildi. Shuningdek, Rossiyaning suveren aktivlari G7 davlatlarida muzlatilgan holda qolishi va urush tugatilmaguncha hamda Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lanmaguncha, faollashtirilmasligi ta’kidlandi.
Yevropa Ittifoqi rasmiylari Rossiya neftiga qo‘yilgan 60 dollarlik narx chegarasini pasaytirish taklifini muhokama qilishdi. Biroq AQSH bu taklifga shubha bilan qaramoqda, chunki Rossiya nefti hozir ushbu chegaradan past narxda sotilmoqda.
Uchrashuvda, shuningdek, yuklar orqali kontrabanda va soliqdan qochish holatlari muhokama qilindi. Bu, ayniqsa, Xitoyning Shein va Temu kabi elektron savdo kompaniyalari orqali amalga oshirilayotgani qayd etildi.
G7 davlatlari global iqtisodiy muvozanatni tiklash va Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirish orqali xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga intilmoqda.





