add

G7 sammiti Ukraina bo‘yicha bayonotsiz yakunlandi — Zelenskiy va Tramp uchrashuvni erta tark etdi

19.06.2025 | 09:0042774

Kanadada bo‘lib o‘tgan G7 sammitida Ukrainaga qo‘shimcha yordam berishga va’da berildi, biroq urush masalasida umumiy bayonot qabul qilinmadi. Bunga AQSHning qat’iy bayonotlardan qochish pozitsiyasi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

G7 sammiti Ukraina bo‘yicha bayonotsiz yakunlandi — Zelenskiy va Tramp uchrashuvni erta tark etdi
  Prezident Volodimir Zelenskiy va AQSH rahbari Donald Tramp sammitni rasman yakunlanishidan avval tark etdi. Kanadaning yangi bosh vaziri Mark Karni kelishmovchiliklar mavjudligini rad etdi, biroq ba’zi davlatlar uning qisqa bayonotidan ko‘ra kengroq pozitsiyani ifoda etmoqchi bo‘lganini tan oldi. Trampning ketishiga Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlashuv sabab bo‘ldi — u Vashingtonga qaytishi tufayli Zelenskiy u bilan uchrashish imkonini qo‘ldan boy berdi. Bu Kiyev uchun kutilmagan vaziyat bo‘ldi — ikki davlat rahbarlari uchrashuvidan umid katta edi. Zelenskiy sammitdan oldin G7 yetakchilarini har yili Ukrainaga 40 mlrd dollar miqdorida moliyaviy yordam ajratishga chaqirgan edi. U shuningdek, Rossiya neftiga cheklovlarni kuchaytirish va urushni to‘xtatishda Tramp ta’siridan foydalanish taklif qilingandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G7 sammitida aslida muhim qarorlar qabul qilindi: harbiy yordamni oshirish, muzlatilgan aktivlar hisobidan yordam ajratish va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar. Kanada va Buyuk Britaniya Rossiyaning «xufiyona floti»ga qarshi qat’iy choralar joriy etishgani ma’lum qilindi. Biroq G7 bayonotida Rossiyani qat’iy tanqid qilish bo‘yicha avvalgi yillardagiga qaraganda yumshoqroq ifoda qo‘llanilgan. Kanadalik rasmiylarga ko‘ra, AQSH ushbu bayonotning qat’iy bo‘lishini xohlamagan — bu Moskva bilan olib borilayotgan muzokaralarga to‘sqinlik qilishi mumkinligi aytilgan. Shu bilan birga, sammitda Donald Trampga qarata Rossiyani tinchlik muzokaralariga jalb etishga chaqiruv ifoda qilindi, biroq u hozircha Moskvaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritish niyatida emas. Karni esa G7 sammitini sun’iy intellekt, kvant texnologiyalari, noqonuniy migratsiya va strategik resurslar bo‘yicha kelishuvlar bilan yakunladi. Tramp bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan bo‘lsa-da, Kanada va AQSH o‘rtasidagi savdo nizolari borasida jiddiy siljish kuzatilmadi.

Teglar

Mavzuga oid