
G7 sammitida Rossiyaga yangi sanksiyalar va Trampning tarif urushlari yuzasidan sukut
23.05.2025 | 19:0044475

Kanadada bo‘lib o‘tgan G7 sammitida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish tahdid qilindi, biroq Trampning savdo urushiga qarshi aniq choralar qabul qilinmadi. Qatnashuvchilar Ukrainaga sodiqligini bildirdi, lekin jahon savdosi bo‘yicha kelishuvga yetib borisholmadi.
Kanadadagi Banf shahrida o‘tgan «Katta yettilik» (G7) sammitida moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Ular Ukrainaga «mustahkam qo‘llab-quvvatlash» va’dalarini yana bir bor takrorladi. Ammo Donald Tramp boshlagan savdo urushiga qarshi aniq choralar ko‘rilmadi.
Kommyunikeda ta’kidlanishicha, agar Rossiya va Ukraina yaqin vaqtda otashkesimga erishmasa, G7 davlatlari Moskvaga nisbatan «maksimal bosim» choralarini ko‘rib chiqishda davom etadi. Shu bilan birga, rasmiylar Rossiya aktivlarini muzlatish va Ukrainada xususiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlashni ham qayta tasdiqladi.
Tramp va Putin o‘rtasidagi suhbatdan so‘ng AQSH bu hujjatga imzo qo‘yishi ayrim rasmiylarda hayrat uyg‘otdi. Tramp so‘nggi bayonotida «tinchlik kelishuviga erishish shartlarini faqat urushayotgan tomonlar belgilaydi», degan edi.
Bu paytda esa Trampning jahon savdosiga qarshi tarif siyosati G7 tomonidan jiddiy tanqid qilinmadi. Sammitdagi ishtirokchilar iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va savdo muvozanatlarini bartaraf etishga chaqiruv bilan cheklandilar. Yagona harakat sifatida Britaniya AQSH bilan ikki tomonlama kelishuv asosida ayrim tariflarni yumshatishga erishdi.
YeIning iqtisodiyot bo‘yicha komissari Valdis Dombrovskis sammitda savdo mavzusi «murakkab» bo‘lganini tan oldi. U Bryussel «kuchliroq bayonot»ni kutayotganini bildirgan. Kanada moliya vaziri Fransua-Filipp Shampan sammitni «tarixiy pallada umumiy qat’iyatimizni namoyon etuvchi», deb baholadi.
Harholda, yakuniy hujjatda AQSH tariflariga nisbatan aniq pozitsiya bildirilmagan va savdo muammolarini hal etish bo‘yicha hech qanday aniq mexanizmlar taklif etilmagan.
Bu orada AQSH prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga nisbatan 50 foizlik bojrlar joriy etish kerakligi haqida yozib qoldi. Uning aytishicha, Bryussel bilan ish olib borish qiyin masala va savdo muzokaralaridan «naf yo‘q», degan u.





