add

Garvard olimlari Alsgeymer kasalligiga davo topdi

11.08.2025 | 15:1537173

Litiy asosidagi dorilar yordamida yo‘qolgan xotirani tiklash usuli aniqlandi.

Garvard olimlari Alsgeymer kasalligiga davo topdi
Garvard tibbiyot maktabi olimlari qariyb o‘n yillik tadqiqotlar natijasida Alsgeymer kasalligida xotira yo‘qolishiga olib keladigan asosiy omillardan birini aniqladi. Nature jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, miyada litiy miqdorining kamayishi neyronlar aloqasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kasallik alomatlarini kuchaytiradi. Tadqiqotda yuzlab inson miyasi namunalari va hayvonlarda tajribalar o‘tkazildi. Aniqlanishicha, amiloid-beta oqsillari litiyni o‘zlashtirib, uning miya to‘qimalari uchun foydali ta’sirini pasaytiradi. Bu jarayon xotiraning susayishi va demensiya belgilarining kuchayishiga olib keladi. Olimlar bunga qarshi arzon va xavfsiz hisoblangan litiy orotat moddasidan foydalandi. Sichqonlardagi sinovlar bu modda xotirani tiklash, zararlangan miya to‘qimalarini qayta shakllantirish va kasallik rivojini orqaga qaytarishga qodir ekanini ko‘rsatdi. Epidemiologik kuzatuvlar ham litiy ko‘p bo‘lgan hududlarda demensiya kam uchrashini tasdiqladi. Masalan, Daniyaning ayrim tumanlarida ichimlik suvida litiy miqdori yuqori bo‘lgani sababli demensiya holatlari ancha past. Hozirda dunyo bo‘ylab 55 mlndan ziyod kishi Alsgeymer kasalligiga chalingan. Garvard usuli mavjud davolardan farqli o‘laroq, yo‘qolgan xotirani tiklash imkonini berishini va’da qilmoqda. Biroq olimlar hozircha usul faqat hayvonlarda sinovdan o‘tganini, odamlar ustidan klinik tadqiqotlar boshlanganini ta’kidlab, litiyni shifokor nazoratisiz qabul qilmaslikka chaqirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Garvard olimlari Alsgeymer kasalligiga davo topdi | Vaqt.uz