add

G‘avg‘olar orasida qolgan Qirg‘iziston sobiq birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyevaning yordamini esladi

14.09.2025 | 13:00260914

Bundan 7 yil avval Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyeaga qarshi kompaniya boshlanganida O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Atamboyevning rafiqasi va oilasiga yordam qo‘lini cho‘zgan.

G‘avg‘olar orasida qolgan Qirg‘iziston sobiq birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyevaning yordamini esladi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning rafiqasi Raisa Atamboyeva mamlakat fuqarolari va prezident Sadir Japarovga ochiq murojaat bilan chiqdi. U o‘z bayonotida oilasi atrofidagi vaziyatni adolatsiz deb hisoblagani uchun ilk bor jamoatchilikka murojaat qilishga majbur bo‘lganini ta’kidlagan.
«Aziz qirg‘izistonliklar! Bugun, afsuski, birinchi marta sizlarga murojaat qilishga majburman. Mamlakatimizda turli fuqarolarning rafiqalari uylarini saqlab qolish iltimosi bilan hokimiyatga murojaat qilishlari odatiy holga aylanib qoldi. Men buyuk qirg‘iz xalqining kelini va o‘z vatanimning haqiqiy fidoyisi sifatida o‘zimni kamsitib, boshqalar singari men va farzandlarimga uy qoldirishlarini so‘rashga haqli emasman. Meni ta’zim qilishga majburlashga urinishlarining o‘ziyoq butun ulug‘ qirg‘iz millatimizni sharmanda qiladi!», — deya yozgan u Facebook'dagi sahifasida.
Atamboyeva yetti yil oldingi voqealarni eslatib o‘tdi, o‘shanda uning turmush o‘rtog‘iga qarshi shafqatsiz kampaniya boshlangan edi. Uning aytishicha, bunday vaziyatda ular O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva yordami bilan O‘zbekistonda jon saqlagan.
«Bundan 7 yil muqaddam, turmush o‘rtog‘imga qarshi shafqatsiz kampaniya boshlanganida, biz O‘zbekiston birinchi xonimining taklifiga binoan bir necha kun davomida shu go‘zal mamlakatda bo‘ldik. Ba’zilar menga qo‘ng‘iroq qilib, farzandlarim bilan yurtga qaytmasligimni talab qilishdi. O‘shanda ham, hozir ham aytaman: qirg‘izlar xoni Manas o‘ldirilgandan so‘ng, uning oilasi qochib O‘zbekistonda yashagan, va biz azob chekishimiz, hattoki o‘lishimiz kerak bo‘lsa ham, bunday tarixning takrorlanishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz», — deya yozadi Atamboyeva.
Murojaatnomasida sobiq birinchi xonim prezident Sadir Japarovga alohida so‘z qotgan. Sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyevni ham eslab o‘tgan.
«Prezident Sadir Japarovga murojaat qilmoqchiman! Yoshingiz mendan kichik bo‘lsa-da, maqomingizga ko‘ra sizga hurmat bilan murojaat qilishni lozim ko‘rdim. Ehtimol, turmush o‘rtog‘im Bakiyevni Dubayda oqlashga rozilik bermaganidan keyin, sizda unga nisbatan yengib bo‘lmas salbiy tuyg‘ular paydo bo‘lgandir. Ammo shuni tushunishingiz kerakki, u sizga qarshi chiqmadi, balki bu masala 5-6 nafar sobiq prezident va hukumat a’zolari tomonidan hal qilinadigan emas, aksincha butun Qirg‘iziston xalqi, ayniqsa, halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning oilalari tomonidan hal qilinishi lozim bo‘lgan masala ekanligini ta’kidladi», — deyiladi murojaatda.
U yana uch yil oldin bo‘lib o‘tgan, ota qishlog‘idagi yagona uylarining taqdiri muhokama qilingan uchrashuvni eslatib o‘tdi.
«Uch yil avval siz bilan ota qishlog‘imizdagi yagona uyimiz haqida o‘tkazgan uchrashuvimizda, sizning tashabbusingiz bilan, men turmush o‘rtog‘im bilan o‘sha uyda yashashimiz to‘g‘risida kelishib olgan edik. Davlat qarorgohidagi yagona uy - davlat mablag‘i emas, balki shaxsiy mablag‘larimiz hisobiga qurilgan edi, uni bizdan tortib olishdi», - deya yozadi u.
Raisa Atambayeva, oilasi bosimlardan qat’i nazar, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi. Ammo, agar bizda or-nomus va qadr-qimmat saqlanib qolgani sizni bezovta qilayotgan bo‘lsa va shu yo‘l bilan bizni kamsitmoqchi bo‘lsangiz, hozir hammasi o‘z ixtiyoringizda. Lekin shuni unutmangki, Alloh barchamizni kuzatib turibdi. Buyuk qirg‘iz xalqining kelini sifatida, turmush o‘rtog‘im yo‘qligida o‘z huquqlarimni va yagona oilaviy o‘chog‘imizni himoya qilishda davom etaman», - deya ta’kidladi Atambayeva. Murojaat yakunida sobiq birinchi xonim Qirg‘izistonda tinchlik va birdamlikni saqlash o‘zining asosiy maqsadi bo‘lib qolishini aytdi. «Men hech qachon bularning barchasini ovoz chiqarib aytishni xohlamagandim va hali aytadigan ko‘p gapim bor. Biroq eng avvalo xalqimiz va mamlakatimizning tinchligi hamda birligini saqlash haqida o‘ylashimiz kerak. Men sizni aynan shunga da’vat etaman», - deya yakunladi u. Qo‘y-Toshdagi uydan quvilish Avvalroq, Almazbek Atamboyev oila a’zolari Atamboyevlar oilasiga tegishli bo‘lgan Qo‘y-Toshdagi uyidan haydab chiqarilgani xabar qilingan edi. «Meni, onamni va oila a’zolarimni Qo‘y-Toshdagi uyimizdan, ota-bobolarimiz yurtidan, qarindoshlarimiz dafn etilgan joydan atigi 100 metr naridagi uyimizdan noqonuniy ravishda chiqarib, bizni boshpanasiz qoldirmoqchi. Sud ijrochilari kelishdi», — deya yozgandi Almazbek Atamboyevning o‘g‘li Qodir Atamboyev Facebook’dagi sahifasida. Unga ko‘ra, oilasi bilan birga Oliy sud va Konstitutsiyaviy palataga murojaat qilishni rejalashtirgan. Hukumat Atamboyevga tegishli Sotsial-demokratlar partiyasi qarorgohi va 2010 yil 7 aprel inqilobi boshlangan «»Media Forum» musodara qilmoqchi. «Bu mutlaq o‘zboshimchalikdir. Biz Oliy sudga ham, Konstitutsiyaviy palataga ham murojaat qilamiz. Hatto shahar sudi jarayoni ham tugallanmagan. Shunday bo‘lsa-da, sud ijrochilari yuqoridan berilgan ko‘rsatmaga asosan o‘z noqonuniy harakatlarini boshlashmoqda. Meni shu yerda o‘ldiringlar. Chet elga chiqishimga, hatto davolanayotgan otam bilan uchrashishimga ham ruxsat bermayapsizlar. Mamlakat ichida esa uyimni tortib olyapsizlar. Nahotki men Aydar Akayev, Maksim Bakiyev, Rustam Japarov va Taymuras Tashiyevdan ham yomonroq bo‘lsam?!», — deya yozgan Qodir Atamboyev. Atamboyev ishi haqida Bishkekning Pervomaysk tuman sudi Almazbek Atamboyevni sirtdan 11 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilgan edi. Sobiq davlat rahbari bitta ish yurituviga birlashtirilgan uchta jinoiy ish bo‘yicha aybdor deb topilgan. Atamboyev noqonuniy boylik orttirish, yer uchastkalarini g‘ayriqonuniy olish va 2019 yilda Qo‘y-Tosh qishlog‘ida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda ayblangan edi. Bundan tashqari, aprel oyi o‘rtalarida sud Qirg‘iziston sobiq rahbarini 2013 yil aprelida jinoyatchi avtoritet Aziz Batukayevni qamoqdan noqonuniy ravishda muddatidan oldin ozod qilishga aloqador deb topdi. Batukayev 2006 yilda ommaviy tartibsizliklar uyushtirgani va noqonuniy qurol saqlash uchun 16 yilga qamalgan edi. Muddatidan oldin ozod etilgach, Batukayev zudlik bilan Grozniyga jo‘nab ketdi. Atamboyev 2011-2017 yillarda Qirg‘izistonga rahbarlik qilgan. U 2019 yil 8 avgust kuni Chuy viloyatidagi Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi qarorgohida bir sutkaga yaqin davom etgan maxsus operatsiya jarayonida qo‘lga olingan. O‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni bir necha bor inkor etgan sobiq davlat rahbarining tarafdorlari qarshilik ko‘rsatgan, natijada operatsiya paytida maxsus kuchlarning bir xodimi halok bo‘lgan. Qarama-qarshilik davrida 100 dan ortiq kishi, shu jumladan militsiya xodimlari ham, tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishgan. 2020 yil yozida Atamboyev 11 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi. 3,5 yildan so‘ng sud qarori bilan u ozodlikka chiqarilib, mamlakatni tark etgan.

Teglar

Mavzuga oid

G‘avg‘olar orasida qolgan Qirg‘iziston sobiq birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyevaning yordamini esladi | Vaqt.uz