
G‘azodagi urush tufayli Isroilga sanksiyalar tahdidi yuzaga keldi
20.05.2025 | 16:2216753
G‘azodagi harbiy amaliyotlar ortidan Isroil o‘zining eng yaqin G‘arb hamkorlaridan sanksiyalar tahdidiga duch kelmoqda. Buyuk Britaniya, Kanada va Fransiya rasmiy Tel Avivni harbiy operatsiyani to‘xtatish va humanitar yordam uchun yo‘l ochishga chaqirdi.

Ular o‘zlari qo‘ygan talablar bajarilmasa, Isroil amaldorlariga nisbatan shaxsiy sanksiyalar joriy etilishini istisno etmagan.
G‘arb yetakchilarining qo‘shma bayonotida «Isroilning o‘zini himoya qilish huquqi har doim tan olingan, ammo hozirgi eskalatsiya ortiqcha» ekanini ta’kidlanadi. Ular humanitar yordamni to‘sish xalqaro huquq me’yorlarini buzishi mumkinligini aytdi.
Bu ogohlantirishlar ortidan Binyamin Netanyahu G‘arb davlatlarini HAMASning 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumlarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi va harbiy harakatlar to‘liq g‘alabaga erishilmaguncha davom etishini ma’lum qildi. Isroil G‘azo sektori to‘liq nazoratga olinishini e’lon qilgan, ammo u yerda qoladigan falastinliklar taqdiri hali ochiqligicha qolmoqda.
Kanada, Fransiya va Britaniya AQSH, Qatar va Misr orqali olib borilayotgan tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Ular ikki davlatli yechim asosida Falastinni rasman tan olishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
HAMAS bu bayonotni «xalqaro huquqni tiklash yo‘lidagi muhim qadam», deb e’lon qildi. Biroq Isroil hukumati G‘arb pozitsiyasini qabul qilmadi.
 





