add

Generallar Putinni urushda tez orada to‘liq g‘alaba qozoniladi, deb ishontirgan — Financial Times

Bugun 08:385062 daqiqa

Financial Times tahliliga ko‘ra, Rossiya generalari tomonidan taqdim etilgan noto‘g‘ri hisobotlar Vladimir Putinni urushda g‘alaba yaqin, degan ishonchga olib kelgan.

Generallar Putinni urushda tez orada to‘liq g‘alaba qozoniladi, deb ishontirgan — Financial Times

Financial Times nashrining yozishicha, Rossiya harbiy-siyosiy tizimi ichida shakllangan dezinformatsiya Putinning urushni davom ettirish qaroriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmoqda. Nashrga ko‘ra, Rossiya rahbari frontdagi voqealar haqida muntazam ravishda ko‘pirtirib ko‘rsatilgan, optimistik hisobotlar oladi va shu bois urush yakunlanish arafasida, deb hisoblaydi.

Manbalar ta’kidlashicha, oktabr oyidan beri Putin olti marta frontdagi vaziyat bo‘yicha ommaviy hisobotlarni tinglagan va bir necha bor harbiy formada chiqish qilgan. Shu davrda Kreml doimiy ravishda Xarkiv oblastining Kupyansk shahri to‘liq nazoratga olinganini da’vo qilib kelmoqda. Biroq ushbu ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasligi aytilmoqda.

G‘arb maxsus xizmatlariga yaqin manbalarga ko‘ra, harbiylar va maxsus xizmatlar Putinga Ukraina armiyasining yo‘qotishlarini sun’iy ravishda yiriklashtirib, Rossiyaning resurs jihatdan ustunligini ta’kidlab, taktik muvaffaqiyatsizliklarni esa yashirib kelmoqda. Bu esa Rossiya rahbarining urushni to‘xtatishga bo‘lgan qiziqishini pasaytirmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bu holat tizimli muammodir. Quyi bo‘g‘inlarda hech kim muvaffaqiyatsizlik uchun javobgar bo‘lishni istamaydi, shu sabab «yuqoriga» faqat ijobiy hisobotlar yuboriladi. Natijada, noto‘g‘ri ma’lumotlar zanjiri shakllanib, u yuqori rahbariyatda xato qarorlarga olib keladi.

Kupyansk misoli buning yorqin namunasi sifatida keltiriladi. Rossiya tomoni shahar «ozod etilgani»ni e’lon qilgan bo‘lsa-da, Ukraina rahbariyati va ochiq manbalar tahlillari shaharning katta qismi Ukraina nazoratida qolganini ko‘rsatgan. Shunga qaramasdan, Moskvada bu versiya saqlab qolingan.

Financial Times suhbatdoshlariga ko‘ra, ushbu «o‘z-o‘zini qo‘llab-quvvatlovchi dezinformatsiya sikli» jang maydonida real yo‘qotishlar va inson qurbonliklariga olib kelmoqda. Mutaxassislar Putinning strategik maqsadi — Ukrainani siyosiy yoki harbiy yo‘l bilan bo‘ysundirish muddati uzayganini, ammo u bunga baribir erishish mumkin, degan ishonchda ekanini qayd etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid