add

Germaniya 2026 yildan majburiy harbiy xizmatni tiklashi mumkin

26.05.2025 | 20:3013203

Ko‘ngillilar yetarli bo‘lmasa, Germaniya armiyasiga majburiy harbiy xizmat qayta joriy etilishi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Boris Pistorius ma’lum qildi.

Germaniya 2026 yildan majburiy harbiy xizmatni tiklashi mumkin
Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi tizim asosan ixtiyoriy asosda xizmat qilishga mo‘ljallangan. Biroq kelgusi yillar davomida bo‘sh o‘rinlar ko‘payib, talabchanlik ortishi mumkin. Shunda majburiy xizmat masalasi kun tartibiga chiqariladi. Pistorius tegishli qonun loyihasi 2026 yil 1 yanvardan kuchga kirishi mumkinligini bildirgan. Germaniyada majburiy harbiy xizmat 2011 yilda, faqat tinchlik davri uchun bekor qilingan edi. bugungi kunda esa harbiylar sonida 100 ming kishilik tanqislik kuzatilmoqda. Mudofaa vazirining ta’kidlashicha, 2,5 yil mobaynida faqat ixtiyoriy arizalar asosida bu tanqislikni bartaraf etishning iloji yo‘q. Shu sababli, zaxiradagi armiya salohiyati tiklanishi kerak. Hozirda 800 ming kishi zaxirada hisoblansa, ulardan faqat 60 ming nafari xizmatga tayyor holatda. Shuningdek, 150 minggacha shaxs zaxira xizmatga qiziqish bildirgan va ularni ham jalb etish mumkin. Pistoriusning hisob-kitobiga ko‘ra, umumiy harbiy salohiyat 460 ming kishini tashkil qiladi. 2024 yilda vazir majburiy xizmat emas, balki ixtiyoriy asosdagi tizimni kengaytirishni taklif qilgandi. Kansler lavozimiga kirishganidan keyin Fridrix Mers Germaniya armiyasini Yevropadagi eng kuchli harbiy tuzilmaga aylantirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Germaniya 2026 yildan majburiy harbiy xizmatni tiklashi mumkin | Vaqt.uz