add

Germaniya AQSH harbiylariga maosh to‘laydi

22.10.2025 | 19:306111

Amerika «shatdauni» Germaniyaga ham ta’sir qildi.

Germaniya AQSH harbiylariga maosh to‘laydi

Germaniya AQSH federal organlarining byudjet yo‘qligi sababli faoliyati to‘xtatilgani bois mamlakatdagi Amerika harbiy bazalarining 11 mingga yaqin xodimiga maosh to‘lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda AFP agentligi xabar berdi.

«Federal hukumat oktyabr oyi uchun ish haqini o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlash maqsadida rejadan tashqari xarajatlarni amalga oshirish tashabbusini ko‘tarmoqda», - deya Moliya vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

AQSHdagi avvalgi «shatdaunlar» paytida germaniyalik xodimlarga hech qanday ta’sir bo‘lmagan - maoshlar odatdagidek to‘langan, dedi Ver.di tashkiloti raisining o‘rinbosari Kristine Bele.

U yana Berlinning bu hissasi «Germaniyada joylashgan AQSH qurolli kuchlari va ularning fuqarolik xizmatchilari bilan birdamlik belgisi» ekanini ta’kidladi.

Germaniyada AQSHning o‘n minglab harbiy xizmatchilari, jumladan, AQSH Harbiy-havo kuchlarining Yevropa va Afrikadagi shtab-kvartirasi bo‘lgan Ramshtayn aviabazasida joylashgan.

AQSHda shatdaun 1 oktyabrda boshlanib, 22 kundan beri davom etmoqda. Inqirozning tugashi hali noma’lum. Hukumat tuzilmalarining hozirgi to‘xtab qolishiga Obamacare va Medicaid tibbiy dasturlarini moliyalashtirish bo‘yicha demokratlar va respublikachilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sabab bo‘ldi.

So‘nggi 50 yil ichida AQSHda Kongressdagi turli kelishmovchiliklar tufayli 22 ta shatdaun yuz bergan.

Teglar

Mavzuga oid