add

Germaniya hukumati Harvard universitetini mamlakatda kampus ochishga chaqirdi

27.05.2025 | 12:006042

Germaniya madaniyat vaziri Volfram Vaymer AQSH ma’muriyatining talabalarga nisbatan cheklovlaridan so‘ng Garvard universiteti mamlakat hududida «surgundagi kampus» tashkil etishi mumkin. U mamlakatda so‘z erkinligi va ta’lim sifati kafolatlanishini ta’kidladi.

Germaniya hukumati Harvard universitetini mamlakatda kampus ochishga chaqirdi
Germaniya Federativ Respublikasi hukumati AQSHning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Harvard universitetini o‘z hududida kampus ochishga taklif etdi. Bu taklifni mamlakat madaniyat vaziri Volfram Vaymer ilgari surdi. Vazirning ta’kidlashicha, Harvard universiteti Germaniyada «surgundagi kampus» tashkil etish orqali AQSHda yuzaga kelgan cheklovlar tufayli ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan xalqaro talabalarni qabul qilishi mumkin. U mazkur tashabbus AQSHda Donald Tramp ma’muriyati xorijiy talabalarni Harvardga qabul qilishni taqiqlaganidan keyin yuzaga kelganini bildirdi.
«Biz san’at va so‘z erkinligiga, ochiq muhokama va xilma-xillikka ishonamiz. Harvard va boshqa Amerika universitetlarining talabalari Germaniyada mamnuniyat bilan kutib olinadi», degan Vaymer Bloomberg nashriga bergan intervyusida.
Mazkur taklif amalga oshsa, Germaniyada ta’lim olish imkoniyatlari yanada kengayadi va xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlaydi.

Teglar

Mavzuga oid

Germaniya hukumati Harvard universitetini mamlakatda kampus ochishga chaqirdi | Vaqt.uz