Logo

Germaniya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer Osiyo safari doirasida O‘zbekistonga ham keladi.

Germaniya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi © prezident.uz

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer Osiyo bo‘ylab rasmiy safari doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Safar besh kun davom etadi va uning doirasida prezident Indoneziya, Filippin hamda O‘zbekistonda bo‘lishi rejalashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbariga turmush o‘rtog‘i hamda Germaniyaning turli sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalari vakillaridan iborat biznes delegatsiyasi hamrohlik qiladi. Bu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Mehnat migratsiyasi

Toshkentda Germaniya prezidenti Germaniyaning qurilish sohasidagi yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan «GP Gunter Papenburg» filiali faoliyati bilan tanishadi. Bu loyiha ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning amaliy namunasi sifatida baholanmoqda.

Tashrif kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri malakali mehnat migratsiyasi bo‘lishi kutilmoqda. So‘nggi yillarda Germaniya mehnat bozorida mutaxassislarga bo‘lgan talab ortib borayotgani sababli O‘zbekiston bilan bu sohadagi hamkorlikka katta ahamiyat qaratmoqda.

Teglar

Mavzuga oid