add

Germaniya Rossiyaning Ukrainaga to‘laydiagan tovon pulini belgilab berdi

12.07.2025 | 08:0015922

Germaniya kansleri Fridrix Mersning ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainaga urush orqali yetkazgan moddiy zararni qoplashi lozim. Yevropa muzlatib qo‘yilgan aktivlardan foydalanishga yo‘l bermasligi kerak, deb hisoblaydi u.

Germaniya Rossiyaning Ukrainaga to‘laydiagan tovon pulini belgilab berdi
Germaniya kansleri Fridrix Mersning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga urush orqali ulkan moddiy zarar yetkazgan va bu zarar hozirda taxminan 500 milliard yevroga baholanmoqda. Bu haqda u Italiya poytaxti Rim shahrida bo‘lib o‘tgan Ukrainani tiklashga bag‘ishlangan konferensiyada so‘zga chiqar ekan, ma’lum qildi. Mers Rossiyani ushbu zararni qoplash uchun javobgar deb hisoblaydi. Uning fikricha, Moskva o‘zining Yevropa banklarida muzlatilgan aktivlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak, toki u Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplamaguncha. «Ungacha esa mazkur muzlatilgan aktivlardan olinayotgan daromadlar, hozirgidek, Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi», - dedi Mers. Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida Rossiya aktivlaridan foydalanish borasida fikrlar farq qilsa-da, Germaniyaning bu masaladagi pozitsiyasi qat’iy. Germaniya rahbariyati Rossiyaning hujumi natijasida keltirilgan zararni xalqaro huquq doirasida tovon to‘lash orqali bartaraf etish kerak, deb hisoblamoqda.

Teglar

Mavzuga oid