add

Germaniyada AfD partiyasi nomzodlari orasidagi o‘limlar shubhalarga sabab bo‘lmoqda

03.09.2025 | 18:0014315

Germaniyada mahalliy saylovlar arafasida Germaniya uchun muqobil (Alternative für Deutschland, AfD) partiyasidan olti nomzod vafot etdi, bu esa jamoatchilikda shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Germaniyada AfD partiyasi nomzodlari orasidagi o‘limlar shubhalarga sabab bo‘lmoqda
Germaniyaning eng yirik federal hududlaridan biri — Shimoliy Reyn—Vestfaliyada 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlar oldidan ultrao‘ngchi «Germaniya uchun muqobil» (AfD) partiyasidan olti nomzodning o‘limi qayd etildi. Hodisalar yuzasidan politsiya shubhali holat yo‘qligini ta’kidlamoqda, biroq bu holat ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarni keltirib chiqardi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab to‘rtta asosiy nomzod, keyinchalik yana ikki zaxira nomzod hayotdan ko‘z yumgan. Politsiya ma’lumot berishicha, o‘limlar tabiiy sabablarga bog‘liq bo‘lgan yoki oilaviy maxfiylik sababli ommaga oshkor qilinmagan. Biroq saylov byulletenlari qayta bosilishiga va ayrim pochta orqali ovoz beradigan saylovchilar uchun jarayonni takrorlashga to‘g‘ri kelgan. Mahalliy ichki ishlar vazirligi boshqa partiyalardan ham bir necha nomzodlarning vafot etganini ma’lum qilgan, jumladan, «Yashillar» va sotsial-demokratlar safida ham shunday holatlar qayd etilgan. Har qanday holda, AfD atrofidagi favqulodda o‘limlar oqibatida turli muammoli taxminlar tarqaldi. Partiya yetakchilaridan biri Kay Gottshalk BBC’ga bergan intervyusida, partiya politsiyadan rasmiy tekshiruvni talab qilganini, ammo «negativ nazariyalar»ga berilish kerak emasligini aytdi. Shu bilan birga, partiya yetakchisi Alis Vaydel holatga izoh bermasdan, iqtisodchi Shtefan Homburgning «bu darajadagi o‘limlar statistik jihatdan deyarli imkonsiz», degan fikrini tarqatdi. Shimoliy Reyn—Vestfaliyadagi saylovlar mamlakat siyosiy kayfiyatining sinovi sifatida baholanmoqda. 2022 yildagi mahalliy saylovlarda AfD bu hududda 5,4 foiz ovoz olgan edi. Biroq 2024 yildagi umummilliy saylovlarda partiya 16,8 foiz ovoz to‘pladi. So‘rovlar shu raqam yana takrorlanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Partiya AQSHdagi Donald Tramp boshchiligidagi respublikachi ma’muriyatning ham qo‘lloviga ega. Hatto Ilon Mask ham partiyani ochiq qo‘llab-quvvatlab, Germaniyaning kelajagini AfD bilan bog‘lagan edi. 2024 yil may oyida Germaniya Konstitutsiyani himoya qilish xizmati o‘ltrao‘ng millatchilar partiyasi bo‘lmish AfDʼni demokratik tuzumga tahdid soluvchi ekstremistik tashkilot, deb e’lon qilgan edi. Ammo partiya bu qarorni sudga bergan va hozircha bu ta’qib vaqtincha to‘xtatilgan. Partiya Hitler izdoshlari deya nom qozongan, masalan migrantlarga qarshi ekanligi ma’lum. Ayrim fitna nazariyalariga ko‘ra, bu oltita o‘limda yahudiylarning qo‘li bo‘lishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Germaniyada AfD partiyasi nomzodlari orasidagi o‘limlar shubhalarga sabab bo‘lmoqda | Vaqt.uz