add

Germaniyada qandolat qutilarida yashirilgan 1 500 dan ortiq o‘rgimchak musodara qilindi

15.07.2025 | 16:1515123

Vetnamdan kelgan qandolat qutilari ichida yashirilgan yosh tarantulalar hayratlanarli kontrabanda holatiga aylandi.

Germaniyada qandolat qutilarida yashirilgan 1 500 dan ortiq o‘rgimchak musodara qilindi
Germaniyaning Kyoln-Bonn aeroportida 1 500 ga yaqin o‘rgimchak — tarantula yashirincha olib kirilmoqchi bo‘lgan kontrabanda yuki fosh etildi. Bu haqda Euronews nashri xabar berdi. 14 iyul kuni aeroportga Vetnamdan kelgan 7 kilogrammlik qandolat mahsulotlari ichida noodatiy hid sezgan bojxona xodimlari yukni tekshirib chiqdi va u yerdan juda ko‘p miqdorda yosh tarantulalarni aniqlashdi. Bojxona boshqarmasi vakili Yens Axland ushbu yuk haqida shunday dedi: «Aeroportda turli noqonuniy yuklar ko‘rilgan, ammo bunday ko‘p miqdordagi o‘rgimchak kontrabandasi bizni hayratga soldi». O‘rgimchaklarning ko‘pchiligi sayohat davomida halok bo‘lgan. Bu holat Germaniyadagi hayvonlar huquqlarini muhofaza qilish qoidalari buzilganini ko‘rsatadi. Tirik qolganlari tegishli mutaxassislarga topshirilgan. Hasharotlardan foyda olish maqsadida ularni noqonuniy ravishda tashish holatlari avval ham kuzatilgan. Jumladan, may oyida Keniyada mehmonxonada 5000 ta chumoli bilan qo‘lga tushgan ikki o‘smirga 7 700 dollarlik jarima yoki 12 oylik qamoq jazosi tayinlangan edi. Tarantulalar (Lycosa) — o‘rgimchakbo‘rilar oilasiga mansub, uzunligi 3,5 sm gacha bo‘lgan, faol va to‘q tusli, serto‘l o‘rgimchak turidir. Ular asosan nam yerlarda — ariq, zovurlar yoqasi, daryo bo‘yi va ekinzorlar chetida 60 sm chuqurlikkacha bo‘lgan qazilmalarda yashaydi.

Teglar

Mavzuga oid