add

Gibrid robot: ham uchadi, ham yuradi

30.05.2025 | 13:2046343

Kaliforniya olimlari havo va yerda harakatlana oladigan ATMO robotini namoyish qildi. U transport va dron vazifasini bir vaqtda bajarib, chekka hududlarda ham samarali faoliyat ko‘rsata oladi.

Gibrid robot: ham uchadi, ham yuradi
Kaliforniya texnologiya instituti muhandislari ATMO deb nomlangan yangi robotni yaratishdi. Bu robot dron kabi uchish, shu bilan birga yer transporti kabi yurish qobiliyatiga ega. Uning to‘rtta himoyalangan dvigateli parvoz paytida propeller, yerda harakatlanganda esa g‘ildirak vazifasini bajaradi. Ushbu innovatsion yondashuv robotga murakkab yuzalarda ham harakatlanish, to‘siqlar oldida to‘xtamasdan yo‘lini davom ettirish imkonini beradi. Shu bilan birga, ATMO chekka hududlarda tadqiqot ishlarini olib borishda yoki yuk yetkazib berishda katta samara ko‘rsatishi mumkin. Texnologiyaning yana bir afzal jihati — uning rejimlar orasidagi o‘zgarish paytida to‘xtab qolish talab etilmasligidir. Bu ATMO’ni faqat logistika sohasida emas, balki kelajakdagi kosmik ekspeditsiyalarda ham qo‘llash imkonini yaratadi. Olimlar hozirda robotning energiya iste’molini qisqartirish va uni turli ekstremal shart-sharoitlarda sinovdan o‘tkazish ustida ish olib bormoqda. Uning kelgusida mustaqil kuter robot sifatida yoki Marsdagi ekspeditsiyalar uchun vosita sifatida xizmat qilishi kutilayapti. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Tesla asoschisi Ilon Mask ham Optimus deb nomlangan yangi robotining videosini taqdim etgan edi.

Teglar

Mavzuga oid