add

Giyohvand mahkumlarga majburiy mehnat terapiyasi joriy etiladi

14.07.2025 | 11:209343

O‘zbekistonda narkologik kasallikka chalingan mahkumlarni majburiy davolash tizimida muhim o‘zgarishlar kutilmoqda. Hukumat mazkur toifadagi shaxslarga mehnat terapiyasini joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Giyohvand mahkumlarga majburiy mehnat terapiyasi joriy etiladi
Loyihada belgilanishicha, sud qaroriga binoan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llangan mahkumlarga shifokor tavsiyasi va jismoniy holati asosida mehnat terapiyasi o‘tkazilishi mumkin. Bunday shaxslar jazoni ijro etish muassasalariga kelganida 3 kun ichida shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr tomonidan tekshiriladi va davolash davomiyligi belgilanadi. Ijro muassasalaridagi mahkumlar uchun majburiy davolash maxsus sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida amalga oshiriladi. Manzil-koloniyalarda saqlanayotganlar esa umumiy asosda sog‘liqni saqlash tizimining narkologiya muassasalarida davolanadi. Qoidalarga ko‘ra, majburiy davolash davri kamida 6 oy, ko‘pi bilan 18 oygacha belgilanadi. Davolash jarayoni sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan klinik standartlar asosida olib boriladi. Spirtli ichimliklarga moyillik bilan davolanuvchi bemorlarning statsionar davolanish muddati kamida 45 kun, giyohvandlik yoki zaharvandlik holatida esa 60 kundan kam bo‘lmasligi lozim. Har bir bemorga alohida tibbiy karta ochiladi va zarur ma’lumotlar kiritiladi. Davolash jarayoni jazoni ijro etish muassasasi tibbiy komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Komissiyaga tibbiy xizmat boshlig‘i rahbarlik qilib, tarkibida narkolog, psixiatr va terapevtlar faoliyat olib boradi. Agar mahkum majburiy davolash kursi tugallanmasdan ozod etilsa, u haqda yashash manzilidagi narkologiya muassasasi va ichki ishlar organlariga oldindan yoki 3 kun ichida xabar beriladi. Shu bilan birga, tibbiy kartadan ko‘chirma va ma’lumotnoma ham yuboriladi.

Teglar

Mavzuga oid