add

Gretsiya tanker kompaniyalari Rossiya neftni tashishdan voz kechmoqda

27.10.2025 | 16:152592

AQSH prezidenti Donald Tramp joriy etgan yangi sanksiyalar Rossiya neft eksportiga jiddiy zarba berdi. Gretsiyaga tegishli yirik tanker kompaniyalari Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatmoqda.

Gretsiya tanker kompaniyalari Rossiya neftni tashishdan voz kechmoqda

AQSHning «Rosneft» va «Lukoyl» kompaniyalariga qarshi sanksiyalari Rossiya neft eksportiga ta’sir eta boshladi. The Moscow Times xabariga ko‘ra, Gretsiya tanker operatorlari Rossiya neftni tashishdan voz kechmoqda.

Brukings instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Gretsiya kompaniyalari Rossiyadan eksport qilinayotgan neftning uchdan bir qismini tashib kelgan. Reuters manbalariga ko‘ra, oktyabr oyi oxirida ularning ishtirok darajasi keskin kamaygan. Ilgari bu kompaniyalar har oy Rossiya portlaridan 10–20 mln barrel neft olib chiqargan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich minimal darajaga tushgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, hozir Urals markasini asosan «xufiyona floti» deb ataluvchi norasmiy tankerlar tashimoqda. Sanksiyalar kuchayganidan so‘ng fraxt narxlari ham sezilarli oshgan — Primorsk yoki Ust-Luga portlaridan Hindistonga yetkazib berish uchun narxlar 8 mln dollardan oshib, ayrim hollarda 10 mln dollarga yetgan.

Tramp o‘tgan hafta Rossiyaning ikki yirik kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoyl»ga bloklovchi sanksiyalar joriy etgan edi. Ular mamlakatdagi umumiy neft qazib chiqarishning yarmini tashkil etadi va eksportning har ikkinchi barreli ular hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan bir vaqtda, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarning 19-paketi doirasida «xufiyona floti»ga tegishli yana 117 tankerni «qora ro‘yxat»ga tirkadi. Hozir umumiy hisobda 558 ta shunday kema sanksiya ostida.

Finlandiyadagi CREA markazi ma’lumotlariga ko‘ra, bu flot Rossiya neft eksportining taxminan yarmini tashiydi, qolgan qismi esa G7 davlatlariga tegishli yoki g‘arb sug‘urtasiga ega kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Teglar

Mavzuga oid

Gretsiya tanker kompaniyalari Rossiya neftni tashishdan voz kechmoqda | Vaqt.uz