add

GSP+ imtiyozlari bilan Yevropaga chiqishga ikki qo‘llanma tayyorlandi

O‘zbekistonlik eksportchilar uchun Yevropa bozoriga chiqish bo‘yicha yangi amaliy qo‘llanmalar e’lon qilindi. Ularda GSP+ imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan.

GSP+ imtiyozlari bilan Yevropaga chiqishga ikki qo‘llanma tayyorlandi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda eksportchilar uchun ikki qo‘llanmadan iborat yangi uslubiy materiallar tayyorladi. Ularning maqsadi — mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Yevropa Ittifoqi bozorida raqobatbardoshligini oshirish, deyiladi vazirlik xabarida.

Qo‘llanmalar quyidagi yo‘nalishlarga bag‘ishlangan:

• «GSP+ imtiyozlaridan foydalanib Yevropa bozoriga to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarini eksport qilish»;

• «GSP+ imtiyozlaridan foydalanib Yevropa bozoriga meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilish».

Ushbu ikki nashr o‘zbek va rus tillarida tayyorlangan bo‘lib, ularda Yevropa Ittifoqi talablari, tovar kelib chiqishini rasmiylashtirish, logistika, sertifikatlash, eksport jarayonlari va bozorga kirish bilan bog‘liq muhim bosqichlar tartib bilan bayon etilgan.

Vazirlik ushbu qo‘llanmalarni Yevropa bozorida faoliyat yuritishni rejalashtirayotgan mahalliy kompaniyalar uchun amaliy yo‘riqnoma sifatida taqdim etmoqda. Ular GSP+ dasturi doirasidagi imkoniyatlardan to‘liq va samarali foydalanishda qo‘l keladi.

Teglar

null null

Vaqt.uzMaqolalar soni: 429

Barchasi

Mavzuga oid

GSP+ imtiyozlari bilan Yevropaga chiqishga ikki qo‘llanma tayyorlandi | Vaqt.uz