add

Gvardiyachilar Bo‘zsuv kanalida cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

07.10.2025 | 13:0031352

Hodisa Toshkentning Yunusobod tumanida tun yarmida sodir bo‘lgan.

Gvardiyachilar Bo‘zsuv kanalida cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi
7 oktyabr kuni tungi soat 00.05 da Yunusobod tumanidan oqib o‘tuvchi “Bo‘rijar” kanalida cho‘kayotgan fuqaro ushbu hududda xizmat olib borayotgan gvardiyachilar tomonidan qutqarib qolindi.Bu haqda Milliy Gvardiya Toshkent shahri boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. Hodisa joyida tibbiy yordam kelgunga qadar Milliy gvardiya xodimlari jabrlanuvchini suvdan chiqarib olib, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qutqarilgan shaxs Toshkent shahrida yashovchi K.K. ekani aniqlangan. U tibbiy ko‘rik uchun shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda holat bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid