add

Hafta boshida hududlarda yomg‘ir kutilmoqda

Bugun 15:052 daqiqa

Yangi hafta O‘zbekistonning aksar hududlarida o‘zgaruvchan ob-havo, yomg‘ir va kuchayib borayotgan shamol bilan boshlanadi.

Hafta boshida hududlarda yomg‘ir kutilmoqda © Javhar Chorshanbiyeva

Hafta boshida O‘zbekiston hududlarida ob-havo beqaror bo‘lishi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 9-fevral, dushanba kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik va kuchli shamol kuzatiladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib, sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi, ayrim paytlarda 10–12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +6...+8 daraja iliq, kunduzi esa +14...+16 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Xorazm viloyatida ham o‘zgaruvchan ob-havo saqlanib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi va tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi -2 daraja sovuqdan +3 daraja iliqqacha, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha, ayrimjoylardaa 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha, ayrim joylarda 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha, ayrim joylarda 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid