add

Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Bugun 12:353 daqiqa

Hafta boshida havo harorati 18 darajagacha iliq bo‘ladi. Shamol esa sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududlari bo‘ylab hafta davomida yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 11, 15-17-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 11-13-yanvarda ba’zi joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-yanvarda 0...-5 daraja sovuq, 12-14-yanvarda -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, 15-16-yanvarda 0...-5 daraja sovuq, 17-18-yanvarda -2...-7 daraja sovuq, kunduzi 11-yanvarda 0...+5 daraja iliq bo‘ladi, 12-13-yanvarda +7...+12 daraja iliqqacha ko‘tariladi, 14-yanvarda +3...+8 daraja iliq bo‘ladi, 15-18-yanvarda -2 daraja sovuq, +3 daraja iliqqacha pasayadi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 11-yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 15-17-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 11 va 13-yanvarda ba’zi joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-14-yanvarda +2...+7 daraja iliq bo‘ladi, 15-18-yanvarda -3 daraja sovuq, +2 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 11-12-yanvarda +11...+16 daraja iliq, 13-14-yanvarda +13...+18 daraja iliq, 15-18-yanvarda +2...+7 daraja iliqqacha pasayadi.

 Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdardo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12, 15-yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 16-17-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 13-yanvarda ba’zi joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-14-yanvarda 0...+5 daraja iliq, 15-yanvarda +2...+7 daraja iliq bo‘ladi, 16-18-yanvarda -2 daraja sovuq, +3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 11-yanvarda +10...+15 daraja iliq, 12-yanvarda +8...+13 daraja iliq, 13-14-yanvarda +10...+15 daraja iliq bo‘ladi, 15-18-yanvarda +2...+7 daraja iliqqacha pasayadi.

 Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-15-yanvarda +3...+8 daraja iliq bo‘ladi, 16-18-yanvarda -2 daraja sovuq, +3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 11-12-yanvarda +13...+18 daraja iliq, 13-14-yanvarda +15...+20 daraja iliq bo‘ladi, 15-18-yanvarda +5...+10 daraja iliqqacha pasayadi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi 11-14-yanvarda +7...+12 daraja iliq bo‘ladi, 15-18-yanvarda +2...+7 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12, 16-17-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16-yanvarda -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi, 17-18-yanvarda -2...-7 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 11-yanvarda +7...+12 daraja iliq, 12-yanvarda +3-8 daraja iliq, 13-14-yanvarda +5...+10 daraja iliq bo‘ladi, 15-18-yanvarda -3 daraja sovuq, +2 daraja iliqqacha pasayadi.

Teglar

Mavzuga oid