add

Hafta davomida havo harorati tushib boradi

11.08.2025 | 11:3011731

11 avgustdan 16 avgustgacha mamlakat bo‘ylab biroz bulutli ob-havo saqlanadi. 13 avgustda Qoraqalpog‘istonda, 16 avgustda esa Farg‘ona vodiysi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.

Hafta davomida havo harorati tushib boradi
Shamol asosan sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang‘-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Toshkent shahri va viloyati, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida — 11–12 avgustda kunda 35–40 daraja, 13–15 avgustda 33–38 daraja, 16 avgustda 31–36 daraja. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida — 11–12 avgustda 32–37 daraja, 13–16 avgustda 30–35 daraja. Buxoro, Navoiy viloyatlarida — 11–14 avgustda 34–39 daraja, 15–16 avgustda 32–37 daraja. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida — 11–12 avgustda 37–42 daraja, 13–15 avgustda 36–41 daraja, 16 avgustda 34–39 daraja. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida — 11–13 avgustda 34–39 daraja, 14–15 avgustda 33–38 daraja, 16 avgustda 30–35 daraja. Tog‘li hududlarda — 11–14 avgustda 25–33 daraja, 15 avgustda 23–28 daraja, 16 avgustda 21–26 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Hafta davomida havo harorati tushib boradi | Vaqt.uz