add

Haj ziyoratini ado etgan O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga qaytib keldi

12.06.2025 | 22:2148722

Kelgan ziyoratchilarni Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida yaqinlari va qarindoshlari kutib oldi. Viloyatlardan kelgan ziyoratchilar uchun zal oldida maxsus avtobuslar tayyorlab qo‘yilgan.

Haj ziyoratini ado etgan O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga qaytib keldi
Saudiya Arabistonining Jidda shahridan uchib kelgan reys mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da poytaxtga qo‘ndi. Ushbu reys bortida umumiy 245 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchilar bo‘lgan. Haj safari doirasida yuborilgan o‘zbekistonliklarning 12–30 iyun kunlari orasida vatanga qaytishi rejalashtirilgan. Bu davr mobaynida Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlariga jami 62 ta reys amalga oshiriladi. Jami 15 ming 150 nafar ziyoratchi mazkur reyslar orqali safardan qaytishi kutilayapti. Viloyatlardan kelgan ziyoratchilar uchun maxsus avtobuslar ham tashkil etilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Haj ziyoratini ado etgan O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga qaytib keldi | Vaqt.uz