add

HAMAS AQSH orqali berilgan otashkesishga zudlik bilan tayyorligini e’lon qildi

08.09.2025 | 11:4549863

HAMAS tarqatgan bayonotga ko‘ra, ular vositachilar orqali AQSH tomonidan taqdim etilgan otashkesishga oid bir qator takliflarni olgan.

HAMAS AQSH orqali berilgan otashkesishga zudlik bilan tayyorligini e’lon qildi
Harakat bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, xalqqa qarshi tajovuzni to‘xtatish yo‘lidagi har qanday urinishni ma’qullashini bildirdi. Falastin harakati o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azo sektoridan qo‘shinlarni to‘liq chiqarish hamda mustaqil falastinliklar qo‘mitasi tomonidan hudud boshqaruvini ta’minlash evaziga barcha mahbuslarni ozod qilish masalasini muzokara qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Quds News xabar berdi. Bayonotda kelishuv so‘zsiz va ochiq tarzda e’lon qilinishi shartligi qayd etildi. Bu esa avval amalga oshmagan shartnomalardan farqli bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. HAMAS, shuningdek, 18 avgust kuni Qohirada vositachilar orqali taqdim etilgan va AQSH taklifiga asoslangan kelishuvni qabul qilganini, ammo Isroil unga javob bermagani va «qirg‘in hamda etnik tozalashni» davom ettirayotganini eslatib o‘tdi. Avvalroq Isroil mudofaa vazirligi G‘azo shahrida amalga oshirilgan havo zarbasi oqibatida HAMAS harbiy qanoti matbuot kotibi Abu Ubayda halok bo‘lganini bildirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid