add

Har oy 200-300 mln so‘mdan oylik-ustama olib kelgan rahbarlar fosh bo‘ldi

10.09.2025 | 21:203363

Faqat rahbariyatning o‘ziga, ya’ni 10 nafar xodimga 3,1 milliard so‘mdan ortiq mukofot puli berib yuborilgan. Sobiq direktor 5 oyda jami 468,6 mln so‘m daromad olgan.

Har oy 200-300 mln so‘mdan oylik-ustama olib kelgan rahbarlar fosh bo‘ldi
Standartlash instituti rahbariyati va ayrim xodimlariga 2024–2025 yillarda byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan katta miqdorda qo‘shimcha ustama haqlar to‘langan. Bu haqda Ishonch.uz  xabar berdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, institut direktori vazifasini bajarib kelgan (sobiq) D.Qodirov 2024 yil noyabrdan 2025 yil martigacha bo‘lgan 5 oy davomida jami 468,6 mln so‘m daromad olgan. Shundan 433,8 mln so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardan mukofot sifatida to‘lab berilgan. Institutning boshqa xodimlariga ham yirik miqdorda ustama haqlar berilgan: G.G‘aziyeva (sobiq direktor) – 403,2 mln so‘m; A.Samijonov (direktor o‘rinbosari)– 482,9 mln so‘m; L.Davirov (direktor o‘rinbosari) – 412,8 mln so‘m; J.Umurzoqulov (bo‘lim boshlig‘i)– 293,3 mln so‘m; F.Ashurov (bo‘lim boshlig‘i)– 412,8 mln so‘m; J.Axmatov (bo‘lim boshlig‘i) – 471,1 mln so‘m; M.Mirzoidov (bo‘lim boshlig‘i) – 477,2 mln so‘m; N.Xudayxodjayeva (buxalter) – 227,8 mln so‘m; N.Xusanbayev (direktor yordamchisi) – 199,2 mln so‘m. Umumiy hisobda, institut xodimlariga byudjetdan tashqari mablag‘lardan jami 3,7 mlrd so‘mdan ortiq qo‘shimcha ustama haqlar to‘langani qayd etilgan. Xabarga ko‘ra, hujjatlarda ko‘rsatilishicha, 10 nafar xodimga jami 3,1 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar rag‘batlantirish uchun sarflangan. Vaholanki, xuddi shu davrda institutning boshqa barcha oddiy xodimlari 3-4 mln so‘mdan maosh olib ishlagan, xolos.

Teglar

Mavzuga oid